Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda 2-noyabr kuni Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston va Fransiya prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentining O‘zbekistonga oxirgi 30 yildagi ilk tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi. Emmanuel Makron davlati rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda Fransiya delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Fransiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda ishonchni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini hamda Yevroittifoq bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tez fursatda imzolanishini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani ta’kidlandi.

Siyosiy muloqotni davom ettirish, xavfsizlik, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarga samarali qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik kun tartibi boy ekani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganishga qiziqish ortib borayotgani aytildi. Shu munosabat bilan tomonlar Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishini olqishladi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston—Fransiya oliy ta’lim muassasasini ochishni tezlashtirish hamda fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »