Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-aprelgacha Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlariga 11 kub kilometrdan ortiq suv oqib o‘tadi. Qozog‘iston O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan protokol imzoladi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Qo‘shni davlatlar bilan Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov tomonidan kelishuvga erishilgan. 

1-aprelga qadar Shardara suv omboriga 11,1 kub kilometr suv quyilishi, Do‘stlik davlatlararo kanali orqali kutilayotgan suv olish hajmi 487 million kub metrni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bu Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarida 2024-yilgi vegetatsiya davri uchun zarur bo‘lgan suv hajmini jamg‘arish, shuningdek, Orol dengiziga 1,6 milliard kub metr suv yetkazib berish imkonini beradi, — deydi vazirlik.

Toshkentda Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining 85-yig‘ilishida tegishli muhokamalar bo‘lib o‘tgan, uning doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryodagi suv omborlari kaskadi faoliyatining prognoz rejimi to‘g‘risidagi protokolni imzolagan.

Uchrashuvda tomonlar 2023–2024-yillardagi vegetatsiya mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlagan.

–“Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining yig‘ilishi samarali bo‘ldi. Mintaqa uchun juda muhim bo‘lgan muammolarni tezda hal qilishga muvaffaq bo‘ldik. Masalan, Sirdaryo va Amudaryodan suv olish hajmlarini kelishish. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali biz Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish va tejashni ta’minlay olamiz”, — dedi Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »