Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron Fransuz alyansining Samarqand shahridagi filialiga tashrif buyurdi.

Fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashuvchi ushbu nohukumat notijorat tashkilot 1883-yilda Parij shahrida Jyul Vern va Lui Paster kabi o‘z davrining atoqli shaxslari tashabbusi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Fransuz alyansining 800 dan ziyod filiali dunyoning 137 ta mamlakatida faoliyat yuritmoqda.

Foto: “Daryo”

Alyansning mamlakatdagi birinchi filiali 2015-yilda Toshkentda ochilgan edi. Madaniyat va til sohasidagi ikki tomonlama almashinuvlarni yanada kengaytirish maqsadida yaqinda Samarqand shahrida yana bir filial tashkil etildi.

Tashrif chog‘ida davlat rahbarlari tasmani tantanali ravishda kesdi va markazni ochib berdi.

Prezidentlar zamonaviy jihozlangan markazning imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu yerda fransuz tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Markaz 200 nafargacha fransuz madaniyatiga qiziquvchilarni qabul qila oladi. 

Alyansning Samarqanddagi faoliyati xalqlarni yanada yaqinlashtirish, o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »