Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

So‘nggi yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish, xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Davlat rahbarining bir qator farmon va qarorlari bilan yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha yangi vazifalar va chora-tadbirlar belgilandi. Bu esa, sohani yanada rivojlantirishga turtki bo‘ldi. 

Jumladan:

1) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi 2022—2026-yillar davomida amalga oshirilish mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida PQ-316-son qaror ijrosini ta’minlash doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Xususan, 2023-yilning o‘tgan davrida: 

  • 15 621 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, 35 984 dona yaroqsiz holga kelganlari almashtirildi;
  • maktablar oldida 6 531 dona tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatilib, 2 959 dona  yo‘nalishlarda dastlabki, yo‘naltiruvchi va masofa ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi;
  • 157  ta yangi svetofor obyektlari qurilib, 85 tasi rekonstruksiya qilindi;
  • 78 ta yangi piyodalar svetofori obyektlari qurildi, 17 tasi rekonstruksiya qilindi;
  • 10 kvadrat km yo‘l yotiq chiziqlari chizildi;
  • 269 km aholi punktlarida yo‘llar sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi, 301 km aholi punktlarida piyodalar uchun trotuar va velosiped yo‘laklari qurildi;
  • 91 km aholi punktlaridagi kesib o‘tish belgilanmagan joylarda yo‘lning qatnov qismini piyodalar harakatidan cheklovchi vositalar (panjaralar) o‘rnatildi;
  • 245 km qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratib turuvchi to‘siqlar (BDO-5) va temir to‘siqlar o‘rnatildi
  • 10 km2 (reja 12 kv km) yo‘llarning qatnov qismi ta’mirlandi va 35 ta (reja 45 ta) chorrahalarning geometrik parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi;
  • 25 ta (reja 29 ta) avtomobil yo‘llaridagi orqaga qayrilib olish joylari “tomchisimon” qayrilib olish shakliga o‘zgartirildi;
  • 8 ta transport vositalarining vazn va hajm ko‘rsatkichlarini nazorat qilish punktlari tashkil etildi.
Foto: “Daryo”

2) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-330-son qarori bilan ushbu ishlarning mantiqiy davomiyligini ta’minlash maqsadida navbatdagi vazifalar belgilab berildi.

Ular orasida:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining texnik holatini ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tahlil qilish, avtomobil yo‘llari aktivlarini boshqarish va yagona kadastr tizimini yuritish, vazn va hajm nazorat punktlarini tashkil etish va saqlash ishlarini amalga oshirish maqsadida Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi faoliyatini samarali tashkil etish;
  • avtomobil yo‘llariga 50 ming dona yo‘l belgisini o‘rnatish, haydovchilarni ogohlantirish uchun tebranish gorizontal chiziqlarini joriy etish;
  • avtomobil yo‘llarining uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun og‘ir vaznli transport vositalari harakatini tartibga solishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

  •  umumiy massasi (yuk bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan “N3” va “O4” toifadagi maxsus transport vositalari hamda ochiq konlarda (karyer) ishlovchi samosvallar uchun alohida davlat raqami, texnik pasport va yagona elektron tizimida ro‘yxatga olishni joriy qilish;
  • katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish va yuk tashish qoidalari;
  • mahalliy yuk tashuvchilarga me’yordan ortiq og‘ir vaznli va katta hajmli transport vositalarining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishiga to‘lovlarni amalga oshirgan holda ruxsat berish tartibi;
  • katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanish va yuk tashish qoidalarini buzganlik natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar joriy etish va undirish tartibini nazarda tutish ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu bilan bir qatorda, yo‘llar holati va infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida viloyat va tuman markazlarida yo‘l belgilari, svetofor va yoritkichlar o‘rnatish, chiziqlar chizish, piyodalar yo‘lagini belgilash, umuman, yo‘llarni tartibga solishga faqat Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi mas’ul bo‘lishi hamda bu ishlarni moliyalashtirish uchun tizimda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika va viloyat jamg‘armalari tashkil etilishi belgilandi.

Qolaversa, yo‘llarda tartib-qoidalar ilm bilan hamohang bo‘lishini ta’minlash masalasida sohaga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markaz tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yuk tashuvchi avtotransportlarining harakati me’yorlarini takomillashtirish mamlakatda yo‘llarning xizmat muddatini oshirishga va ularni ta’mirlashga ajratilgan xarajatlarning kamaytirishga olib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »