Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatidagi tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning salkam 800 milliard so‘mi muammoli kreditlar hisoblanadi. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar berdi. 

Ma’lumot berilishicha, viloyatda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning 10 mingdan ortig‘i muammoli kreditlar bo‘lib, ularning umumiy hajmi qariyb 755 milliard so‘mni tashkil etadi. 2023-yilning oxirigacha bunday kreditlar sonini 8 ming 285 tagacha, miqdorini esa 414,5 milliard so‘mgacha qisqartirish mo‘ljal qilingan.

Xalq deputatlari viloyat kengashi “Qashqadaryo viloyatidagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi hamda mavjud muammoli kredit qarzdorliklarni undirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror chiqarib, prezident Shavkat Mirziyoyevning muammoli kreditlarni qisqartirish bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlashga kirishgan. 

Qayd etilishicha, 2023-yilning 26-oktyabr kuni qabul qilingan mazkur hujjatga ko‘ra, viloyatda muammoli kreditlarning eng ko‘pi Qamashi (1 ming 351 ta) va Dehqonobod (1 ming 132 ta) tumanlariga to‘g‘ri kelgan. Hajm jihatidan esa Qarshi shahri (185,8 milliard so‘m) va Qarshi tumani (qariyb 140 milliard so‘m) oldinda. 

Banklar kesimida esa eng ko‘p miqdordagi muammoli kreditlar “Asakabank” (128,4 milliard so‘m), “Agrobank” (125,9 milliard so‘m) va “Mikrokreditbank” (98,9 milliard so‘m)da yig‘ilib qolgan.

Kengash qaroriga binoan, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni, shu jumladan, mavjud muammoli kredit qarzdorliklarni undirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati ishchi guruhi tarkibi (rahbari viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Qodirov), shuningdek, har bir shahar va tumanga biriktirilgan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ro‘yxati tasdiqlandi. Ishchi guruh a’zolari orasida bank sohasi mutasaddilaridan tashqari, viloyat prokuraturasi, iqtisodiy va fuqarolik sudlari, soliq, adliya, bojxona, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, IIB yo‘l harakati xavfsizligi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, majburiy ijro byurosi, Savdo-sanoat palatasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmalarining mas’ul shaxslari ham bor. Ularga sudlarga da’vo arizalarini kiritish, sudlarning ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha tezkor qaror qabul qilish, mavjud ijro varaqalar ijrosini jadallashtirish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan kreditlar bo‘yicha ta’sir choralarini qo‘llash hamda kreditlarni undirish borasida o‘zlariga yuklatilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash topshirilgan, — deyiladi nashr xabarida. 

Viloyatda joriy yil yakuniga qadar hamda 2024-yilda kreditlarni so‘ndirish grafiklari ham tasdiqlangan. Joriy yilning oxirgi choragida tijorat banklarining sal kam 1,7 trillion so‘m, 2024-yil davomida esa 7,8 trillion so‘m hajmdagi kreditlari so‘ndirilishi zarur.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »