Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 2023-yil yakuniga qadar jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida, 2023-yil 21-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish bo‘yicha “Zarbdor ikki oylik” tadbiri boshlangan.

2023-yilning yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylariga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatilishi belgilangan. Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida alohida 12 ta mobil brigadalar tashkil etilib, jami 146 nafar xodim va ishchi-xizmatchilar jalb etilgan.

Tadbir davomida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va kunlik tahlilini yuritish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida “Tezkor shtab” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

2023-yilning 31-oktyabr kuni holatiga mobil brigadalar tomonidan o‘rnatilishi belgilangan barcha 250 ta svetofor obyektlarining joylashuvi to‘liq o‘rganib chiqilgan. Tadbir boshidan:

  • 136 ta svetofor obyektlarida svetofor ustunlari uchun chuqurlar tayyorlandi hamda kommunikatsiya va aloqa kabellarini joylashtirish uchun qazish ishlari amalga oshirilgan;
  • 93 ta svetofor obyektlarida svetofor ustunlarini o‘ranatish uchun beton quyilib, tayyor xolatga keltirilgan;
  • 26 ta obyektda svetofor ustunlari o‘rnatilib transport va piyodalar svetoforlari o‘rnatildi, hamda kommunikatsiya va aloqa kabellari ulangan;
  • 10 ta obyektda svetofor kallaklari o‘rnatilgan;
  • 7 ta piyodalar o‘tish joyidan trotuarga chiqish joyi tashkil etilgan;
  • 142 ta piyodalar o‘tish joylardagi yetishmaydigan yo‘l belgilar o‘rnatilmoqda;
  • Barcha o‘chib ketgan piyodalar o‘tish joylaridagi yotiq chiziqlarni qayta tiqlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilning 9 oyi davomida poytaxtda piyodalar bilan bog‘liq 539 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, unda 566 nafar piyoda tan jarohati olgan. Ularning aksariyati piyodalar belgilanmagan joylardan va svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »