Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy va AQSH kelasi hafta yadroviy qurol nazoratini muhokama qiladi. Bunday muzokaralar Obama ma’muriyatidan keyingi birinchisi bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Reuters

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi yaqin kunlarda ikki davlat “qurollarni nazorat qilish va tarqatmaslik bo‘yicha maslahatlashuvlar”, shuningdek, dengiz va boshqa masalalar bo‘yicha alohida muzokaralar o‘tkazishini aytdi.

Qurol bo‘yicha muzokaralar 6-noyabr kuni boshlanadi va unga Davlat departamentining yuqori martabali xodimi Mallori Styuart va Xitoy Tashqi ishlar vazirligining qurol nazorati bo‘limi rahbari Sun Syaobo rahbarlik qiladi. Muzokaralar vaqti va formati haqida ma’lumot berilmagan.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan 2021-yilda Xitoy va AQSH rahbarlari “strategik barqarorlik bo‘yicha muzokara boshlashga” kelishib olganini aytgandi. Oq uy bunday muzokaralar AQSH Rossiya bilan olib borgan qurollarni qisqartirish bo‘yicha muzokaralarga o‘xshamasligini ta’kidlagan.

O‘shandan beri Bayden ma’muriyati Xitoy yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qilishga unchalik qiziqmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Oktyabr oyida Pentagon Xitoyda 500 dan ortiq jangovar yadro kallaklari borligi, 2030-yilga borib esa ularning soni 1000 dan oshishi mumkinligini aytgan. Qurol bo‘yicha muzokaralar prezident Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida noyabr oyida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi oylarda Xitoy va AQSH o‘rtasidagi bir qator diplomatik almashinuvlar asosan Vashingtonning tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »