Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat tonggi 05:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli “Yunusobod” podstansiyasidagi mavjud 40 000 kVA bo‘lgan transformator quvvati 63 000 kVA bo‘lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirish, elektr qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida hududdagi 110/10/6 kVli “Beshqo‘rg‘on” va 110/6 kVli L-DOK-1 va L-DOK-2 DOK, 110/6 kVli “Zenit” podstansiyalari vaqtincha o‘chiriladi.

 
Foto: “Daryo”

Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Teri-dermatovenerologiya dispanseri, maktab, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, “Ibrohim ota”, “Taraqqiyot” MFY, “Mirpo‘latova” MFY, “Qorasaroy” MFY, “O.Hotamova” MFY, “Hasanboy” MFYlarida hamda Ibragimova, Qorasaroy, Chuqursoy, Shifokorlar shaharchasi, Oxunboboyev hamda Oxunboboyev mavze va dahalarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlarida chiroq o‘chadi.

Yunusobod tumanining 6, 7, 8 va 9-dahalari, “Islomobod”, “Tiklanish”, “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Registon”, “Ittifoq”, “Ahrorobod” MFYlarida va Hasanboy mavzesida hamda “Korzinka” savdo kompleksida elektr energiyasi bo‘lmaydi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli iste’molchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »