Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda B.X. ismli shaxs fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika nodavlat universitetining “Boshlang‘ich taʼlim” yo‘nalishiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 900 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.S. ismli shaxs fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »