Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Falastinga 1 million dollarlik gumanitar yordam jo‘natadi. Bu haqda 3-noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) X sammitida so‘zga chiqqan respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati

“Atrofimizda hozir og‘ir vaziyat mavjud. Shimolda Rossiya va Ukraina o‘rtasida, Yaqin Sharqda esa Isroil va Falastin o‘rtasida mojaro davom etmoqda. Afg‘onistonda beqarorlik hukm surmoqda. G‘arbda noqonuniy migratsiya muammosi tobora kuchayib bormoqda.

Bugun G‘azo sektoridagi tinch aholi, ayniqsa, bolalar va qariyalar qarama-qarshilik qurboniga aylanmoqda. Asosiy vazifa — ularning xavfsizligini ta’minlash. Shu munosabat bilan men Falastin xalqiga bir million dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildim”, — dedi To‘qayev.

Davlat rahbari “o‘nlab yillar davomida hal etilmagan shoshilinch muammolarni” zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlari orqali hal qilishni mutlaqo nomaqbul deb atadi.

“Qozog‘iston bunday usullarni keskin qoralaydi. Vaziyatning kuchayishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan biz har qanday nizolarni faqat tinch muzokaralar va diplomatik muloqot orqali hal qilishga chaqiramiz. Biz uchun barcha davlatlarning hududiy yaxlitligini saqlash, ularning ichki ishlariga aralashmaslik asosiy ustuvor vazifalardir”, — deb ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini qatʼiy bajarish va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonidan 1,5 million AQSH dollari ajratilishi xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »