Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilga qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.

“Tashkilot doirasida o‘zaro hurmat, ishonch va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, birgalikda turli to‘siqlarni samarali yengib o‘tish bosh maqsadimizdir. Shu munosabat bilan Turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman. Ushbu o‘ziga xos ramziy qomusni sohaning yetuk olimlari va ekspertlar ishtirokida tayyorlashni taklif qilaman.”, —  dedi prezident.

Prezident shu kunlarda Turkiy investitsiya fondi o‘z ishini boshlashini, davlatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida keyingi bosqichda Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish ishlarini ham faollashtirish kerakligini aytdi. Davlat rahbari ushbu moliya muassasasini Toshkentda joylashtirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, temiryo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini O‘zbekistonda joylashtirishni ham taklif etdi.

“Davlatlarimiz temiryo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini yurtimizda joylashtirishni taklif etamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, global logistika zanjirlari va transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog‘ini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega.

Davlat rahbari yuk tashuvlariga o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston O‘rta koridor salohiyatini kengaytirish choralarini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, qo‘shimcha ko‘ptarmoqli yo‘nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga turkiy mamlakatlar orqali o‘tadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish tarafdori ekanini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev ekologiya sohasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida vazirlar darajasida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan Turkiy ekologiya forumini tuzish tashabbusi ham ilgari surdi.

“Vazirlar darajasida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan Turkiy ekologiya forumining tuzilishi bu yo‘lda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz. Bunday ta’sirchan mexanizm tashkilotimiz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan rejalarimizga mosdir”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev jadidlar ibratli faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga chaqirdi. Prezident jadidlarning milliy o‘zligi va davlatchilik g‘oyalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanga Turkiy davlatlar tashkiloti vakillarini taklif qildi.

O‘zbekiston prezidenti sammitda qabul qilinayotgan muhim hujjatlar va qarorlar, jumladan, sammit deklaratsiyasi hamda Ostona akti mamlakatlarning yorqin turkiy kelajak sari navbatdagi dadil qadamlari bo‘lishiga ishonishini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »