Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilyon qurilishi yakunlandi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, umumiy maydoni 500 kvadrat metr bo‘lgan alohida pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatiladi.

Foto: Uzbekistan Airports
“Qurilgan pavilyon vaqtinchalik yechim hisoblanadi. Ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda bo‘lib, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Uzbekistan Airports
Foto: Uzbekistan Airports

Avvalroq Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichi (estakada)dagi kameralar jarima sola boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Yo‘l o‘tkazgichga o‘rnatilgan yo‘l kameralari endilikda YHXB tizimlari bilan integratsiyalashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »