Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” sudida O‘zbekistonda shu siropdan zaharlanib, vafot etgani aytilayotgan 65 nafar bolaning jasadini eksgumatsiya qilish so‘ralgandi. Sudning bugun, 3-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida eksgumatsiyadan natija chiqmasligi aytildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

“Dok-1 Maks” sudining navbatdagi majlisida Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza byurosi ekspertlari so‘roq qilindi. 

Sudda so‘z olgan mas’ul, Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza byurosi rahbari Nora Sultonovaning ma’lumot berishicha, 2022-yilning 26-dekabridan boshlab marhum 65 nafar bolaning 9 nafarining jasadi tekshirilgan. 

Nora Sultonova.
Foto: “Daryo”
2022-yilning 26-dekabridan boshlab Toshkent shahar sud tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan 9 nafar bolaning murdasi ekspertiza qilingan, — deydi ekspert Nora Sultonova. 

Mas’ulga ko‘ra, respublika bo‘yicha yana 19 nafar tirik qolgan bola tanasida sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Ularning hammasiga etilenglikol zaharlanish tashxisini qo‘yib berganmiz. Sirop sabab ularning 17 nafariga og‘ir, 2 nafariga esa yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan, — deydi ekspert.

Sudya Muso Yusupov sudda advokatlar tomonidan vafot etgan 65 nafar bolaning jasadida eksgumatsiya o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilganini aytib, “Bugungi kunda eksgumatsiya o‘tkazilsa, zaharli modda etilenglikolni aniqlash imkoni bormi yoki yo‘qmi”, deb so‘radi. 

Nora Sultonova ayni paytda eksgumatsiya o‘tkazishdan natija chiqmasligini ma’lum qildi.

Bolalar jasadi tez chirishni boshlaydi. Qolaversa adabiyotlarda etilenglikol 30 sutkagacha tanada saqlanishi mumkinligi aytilgan. Undan ortiq vaqtga qolmaydi. Shu sabab eksgumatsiyadan hech qanday natija chiqmaydi, — deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgan bolalar o‘limiga deyarli bir yil to‘lmoqda. Mazkur siropdan zaharlanish va ommaviy o‘lim 2022-yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »