Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nepaldagi zilzila oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, deb xabar bermoqda Associated Press mamlakat rasmiylariga tayanib.

Foto: AP Photo

Dastlab 54 nafar qurbon haqida ma’lum edi. Ko‘p hududlar bilan aloqa uzilgani sababli qurbonlar soni ortishi kutilmoqda, deydi rasmiylar.

Jabrlanganlarga yordam berish uchun vertolyotlar va quruqlikdagi qo‘shinlar jalb etildi. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari ko‘chkilar tufayli to‘sib qo‘yilgan yo‘llar va tog‘ yo‘llarini tozalamoqda. Shifoxonalarga dori-darmonlar va tibbiyot xodimlari yetkazilmoqda.

Foto: Telegram

4-noyabrga o‘tar kechasi Hindiston va Nepal chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Germaniya Geologiya tadqiqot markazi zilzila magnitudasini 6,2, chuqurligini esa 10 kilometr deb baholagan. AQSH Geologiya xizmatida zilzila magnitudasi 5,6 deya, Hindiston seysmologiya markazida esa 6,4 sifatida qayd etilgan.

Nepalda oxirgi marta kuchli zilzila (7,8 magnitudali) 2015-yilning aprel oyida yuz bergan. O‘shanda 8 mingdan ortiq odam qurboni bo‘lgan, yana 17 ming kishi jarohat olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »