Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Surxon” safarda “Metallurg” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar hisobni ochdi. 55-daqiqada Tamirlan Jamalutdinov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Surxon” minimal hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

“So‘g‘diyona” esa “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Jizzaxliklar safida yagona gol Lyupcho Doriyev hisobiga yozildi.

Bugungi bellashuvlardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:


Superliga

24-tur

4-noyabr, shanba

“Metallurg” – “Surxon” 0:1

Gol: 0:1 — 55 Tamirlan Jamalutdinov.

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Mahini, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov (20. Daler Sharipov, 86), 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev (7. Husniddin G‘ofurov, 46), 15. Sardor Abduraimov (11. Damir Temirov, 46), 17. Rizo Yazdando‘st, 19. Ergash Ismoilov (33. Ivan Yosovich, 79), 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 77. Shahzod Ubaydullayev, 97. Muhammadali Aliqulov.

“Surxon”: 1. Artyom Potapov, 2. Bobur Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 6. Artyom Sokal, 7. Dostonbek Tursunov, 10. Tamirlan Jamalutdinov (27. Asilbek Jumayev, 71), 15. Diyor Ramazonov, 18. Silvanus Nimeli, 19. Nuriddin Hasanov (5. Azizbek Pirmuhammadov, 86) 25. Behzod Shamsiyev (8. Humoyun Sherbo‘tayev, 33), 66. Behruz Shaydulov.

Ogohlantirishlar: Rizo Yazdando‘st (58), Humoyun Sherbo‘tayev (63), Nuriddin Hasanov (66).

“So‘g‘diyona” – “Buxoro” 1:0

Gol: 1:0 — Lyupcho Doriyev.

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Jasurbek Yoqubov, 7. Muhammadsafo Fozilov, 10. Javohir Qahramonov, 14. Lyupcho Doriyev, 15. Tarik Isich, 18. Mirjalol Abdumutalov (3. Abdulloh Omonaliyev, 84), 80. Samandar Sindarov, 88. Samandarjon Mavlonqulov (6. Alisher Salimov, 79), 90. Ulug‘bek Kenjayev (22. Sanjar Shoahmedov, 42), 93. Marko Kolakovich.

“Buxoro”: 50. Luka Kukich, 2. Izzatillo Po‘latov (9. Jasur Xolto‘rayev, 75), 5. Dilshod Jo‘rayev, 8. Asliddin Tursunpo‘latov (88. Vsevolod Nixayev, 46), 11. Shohruz Norxonov, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Jamoliddin Ubaydullayev (77. Asilbek Qayumov, 60), 70. Aleksandar Stanisavlevich (10. Humoyunmirzo Iminov, 60), 80. Farruhjon Ibrohimov, 91. Asiljon Begimqulov, 94. Frane Ikich.

Ogohlantirishlar: Ulug‘bek Kenjayev (39), Jamoliddin Ubaydullayev (52), Diyorbek Ortiqboyev (90+1), Shohruz Norxonov (90+8).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »