Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida savdo do‘koni olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” ixtisoslashgan savdo kompleksi MCHJ direktori o‘rinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MCHJ balansida yangi qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini tanishlari yordamida olib berishi evaziga 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Kadastr agentligining Oqoltin tuman bo‘limi boshlig‘i S.R. tadbirkor D.T.ning yengil tipdagi savdo do‘konining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida 1,2 ming dollar evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 500 dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.    

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »