Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bir guruh sanʼatkorlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida “X-faktor” loyihasini tanqid qilib o‘tgandi. Unda ko‘rsatuvning saviyasi, aytilayotgan qo‘shiqlari va hakamlar hayʼati aʼosi Ibrohim Ahmedovning xatti-harakatlari haqida so‘z borgandi.

Foto: Skrinshot

— Ishtirokchi bir paytlar “zona”ning ashulalari deyiladigan qo‘shiqlarini ijro etib o‘tiribdi, bittasi shlyapani kiyib olib, ura deb qo‘llab-quvvatlayapti, — degandi vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.

Uning so‘zlarini xonanda Shuhrat Daryo ham qo‘llab-quvvatlab, bu ko‘rsatuvni ko‘rib, o‘zbek sanʼati va millati uchun achingani haqida aytib o‘tgandi.

Bu fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lganidan keyin telekanal o‘zining Instagram profilida bunga munosabat bildirib o‘tdi.

Birinchidan, “X-faktor” tanlov emas, aksincha, havaskor ijrochilar o‘rtasidagi global shou hisoblanadi. Mazkur shouda qatnashchilarning vokal imkoniyatlari bilan birga ularni sahnada shou yarata olishi, hakamlar va tomoshabinlar eʼtiborini o‘ziga qarata olishiga ham baho beriladi.

Foto: Instagram / @_ibrokhimakhmedov_

Ikkinchidan, “X-faktor” shou-formati xalqaro format bo‘lib, O‘zbekistonda birinchi marta mazkur loyiha FTV telekanali tomonidan Buyuk Britaniyaning “Fremantle Media” kompaniyasidan xarid qilingan litsenziya asosida tasvirga olinmoqda. Shou dunyoning 56 davlatida qanday shartlar asosida suratga olingan bo‘lsa, O‘zbekistonda ham aynan loyihaning umumiy va yagona ssenariysi asosida tasvirga olinadi.

Uchinchidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, “X-faktor” shousining yagona va asosiy sharti professional bo‘lmagan havaskorlar ishtirok etishidir va bunday qatnashchilarga ularning millati, kelib chiqishi yoki qarashlariga asoslangan hech qanday cheklovlar mavjud emas. Eslatib o‘tamiz, “X-faktor” global shou va O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat, bu shouda barcha millatga mansub ishtirokchilar erkin qatnashishlari, o‘z tillarida va xorijiy tillarda qo‘shiq kuylashiga hech kim to‘sqinlik qilishga haqqi yo‘q.

To‘rtinchidan, “X-faktor” shousi qatnashchilari hakamlar tomonidan “Ha” yoki “Yo‘q” degan ovoz berishi asosida baholanadi. Madaniyat vazirligining mulozimi taʼkidlaganidek, ishtirokchilar 10 ballik sistemada baholanmaydi va umuman ballar ishlatilmaydi. Shuning uchun, vazir o‘rinbosari , “X-faktor” shousining hech bo‘lmaganda 1 ta epizodini to‘liq ko‘rib chiqishi va shundan keyin fikr bildirishini tavsiya qilamiz.

Beshinchidan, shouning ishtirokchilaridan biri haqida Bahodir Ahmedov fikr bildirar ekan, “Zonani ashulasini aytib o‘tiribdi, hakam bo‘lsa uni olqishlamoqda”, — dedi. Vaholanki, ishtirokchining repertuaridagi qo‘shiqlarga eʼtibor beradigan bo‘lsangiz, u yerda: “O‘zbekiston gulzor”, “Istasang, bu falakdan oyni olib beraman” va bir nechta xorij estradasi qo‘shiqlariga parodiya qilib kuylangan. Vazir o‘rinbosari esa shanson bilan o‘zi aytayotgan yo‘nalishni farqlay olmaydimi?!

Oltinchidan, Bahodir Ahmedov hakamlar haqida gapirib, “Shlyapada o‘tirvogan o‘zicha, or-nomusi yo‘q, o‘zi jonli ayta oladimi, qo‘shiq ayta oladimi, baho berib o‘tiribdi, o‘la”, — degan so‘zlarni ishlatib, shou hakamlari, ijodkorlari va barcha tasvirga olish jamoasining shaxsiyatiga tegadigan gaplarni ham aytgan.

Vazir o‘rinbosariga FTV telekanali eslatib o‘tmoqchiki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan shaxslarning shaxsiyati, or-nomusi va obro‘siga putur yetkazish, haqoratlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

FTV telekanali jamoasi yuqoridagi vazir o‘rinbosari tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rinsiz, butun telekanal jamoasi va loyiha ishtirokchilariga hurmatsizlik deb hisoblaydi, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »