Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 10-turida “Bavariya” va “Borussiya D” 4-noyabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq hisob ochildi. Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Dayo Upamekano boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tdi va Harri Keyn o‘z nomiga gol yozdirdi.

Ikkinchi bo‘limda myunxenliklar yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi. 72-daqiqada Keyn dublni rasmiylashtirdi. O‘yin so‘ngida Harri yana bir bor gol urdi va turning markaziy o‘yinida “Bavariya” g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolari sonini 26 taga yetkazdi va 2-o‘rinda bormoqda. “Borussiya D” 21 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan.


Bundesliga

10-tur bahsi

4-noyabr, shanba

“Borussiya D” – “Bavariya” 0:4

Gollar: 0:1 – 4 Upamekano, 0:2 – 9 Keyn, 0:3 – 72 Keyn, 0:4 — 90+3 Keyn.

“Borussiya D”: Kobel, Hummels, Shlotterbek, Ryuerson, Roys, Zabitser, Brandt (Mukoko, 66), Ozjan (Nmecha, 57), Volf (Zyule, 46), Malen (Adeyemi, 57), Fyullkrug (Aller, 79).

“Bavariya”: Noyer, Mazraui, Upamekano (Pavlovich, 60), Kim Min Chje, Devis, Goretska, Laymer, Koman, Sane, Musiala (Shupo-Moting, 89), Keyn.

Ogohlantirishlar: Sane (22), Hummels (61), Ryuerson (74), Zabitser (76), Laymer (85).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »