Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov xavfsizlik xizmatida “muhim lavozim”ga tayinlandi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Ahmed Dudayev
“Qadrdon ukam Adam Qodirovni Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmatida muhim lavozimga tayinlangani bilan chin qalbimdan tabriklayman”, — deb yozgan Dudayev Telegram’dagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Adam Qodirov o‘zini “vatanning jasur, qo‘rqmas vatanparvari va o‘z dinini himoya qilishga tayyor shaxs” sifatida ko‘rsatdi. Shuningdek, bir necha bor Maxsus harbiy operatsiya zonasida bo‘ldi.

Ahmad Dudayev mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan Adam Qodirovni yana bir bor tabriklab, unga bildirilgan ishonchni shubhasiz oqlashini aytdi.

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li xavfsizlik xizmatida mas’uliyatli lavozimga tayinlangani haqida Checheniston parlamenti rahbari Magomed Daudov ham yozdi. Ammo u ham aynan qanday lavozimga tayinlanganiga aniqlik kiritmagan.

Ichki ishlar vazirligining Ahmat Qodirov nomidagi Checheniston bo‘yicha maxsus polki komandiri Zamid Chalayev o‘zining Instagram’dagi sahifasida bunga oydinlik kiritib, Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Checheniston rahbarining xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »