Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Peshku tumanida gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor 7,5 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Hududgazta’minot” AJ axborot xizmati 

Xabarga ko‘ra, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi hamda “Peshkutumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududida tabiiy gazdan foydalanish holatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumanning “Chikirchi” mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkor O.J.ga qarashli bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblash uskunasidan oldin so‘rg‘ich ulab, tabiiy gazdan 5043 metr kub noqonuniy foydalanilgani aniqlandi va iste’molchi 7 mln 560 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat bo‘yicha o‘tgan oktyabr oyi davomida olib borilgan o‘rganishlarda 58 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik va 40 ta qoidabuzarliklar aniqlangan. Noqonuniy foydalangan, qoidabuzarlikni sodir etgan iste’molchilarga nisbatan umumiy miqdorda 324,9 mln so‘m jarima qo‘llangan. Har bir aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda chora ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »