Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi ekani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq mashmashalarni ko‘rib chiqayotgan sudning navbatdagi majlisida mazkur sirop ishlab chiqaruvchilarining yana bir dorisi “Ambronol” siropidan zaharlangan bolaga shifokorlar tomonidan gepatit tashxisi qo‘yilib, noto‘g‘ri davolangani aytildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Sudning navbatdagi majlisida 2019-yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib, 2023-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahridagi shifoxonada vafot etgan marhum — Humoyun Erkinovning otasi so‘raldi. 

Foto: “Daryo”
2022-yil 18-dekabr kuni o‘g‘limning mazasi bo‘lmagani sabab onasi o‘zimizning QVPga olib boradi. Bolaga osma ukol buyurishadi. Birinchi osma ukol o‘sha yerda olinadi. Keyin uyga qaytgach, bola yana yig‘layvergach, yana qaytarib boriladi va ikkinchi osma qilinadi, — deydi o‘g‘lining “Ambronol” siropidan vafot etganini aytgan jabrlanuvchi. 

Jabrlanuvchi otaning sudda aytishicha, bezovta bo‘lgan farzandi Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgach, shifokorlar unga gepatit kasalligi tashxisini qo‘yadi. 

Topshirilgan analizni almashtirib yuborgan shifokorlar bolani sariq kasal deb, “infeksionniy”ga olib o‘tishadi. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘g‘limga yana osma ukol qilinadi, sariq kasalligi bo‘lsa, yuviladi deb. U yerda uch-to‘rtta osma ukol quyilganidan so‘ng, bolaga osma ukol ham ketmay qoladi, — deydi u. 

Bolasi vafot etgan otaning aytishicha, tuman tibbiyot birlashmasidan ham natija chiqmagach, u o‘g‘lini Shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Termiz shahar filialiga olib boradi. 

Termizdagi bolalar shifoxonasida bolani o‘tkir buyrak yetishmovchiligi qiynayotganini aytishdi. Aniqlangandan so‘ng dializ qilamiz deyishdi. Lekin F4 flakonli “detskiy” filtr topilmadi va bir kun qolib ketdik. Bolaning ahvoli og‘irlashdi. Dializ qilish imkoni bo‘lmagach, 21-dekabr kuni soat 11-12 atrofida bolamni olib Toshkentga yo‘l oldik. Va o‘sha kuni soat 18:00 larda yetib keldik. Bolamni bir kun kuzatishdi. Ertasi kuni siymay qolgani uchun gemodializ qilishdi, — deydi ota. 

Aytilishicha, bemor bola 2022-yil 21-dekabrdan boshlab Toshkent shahridagi 16-shifoxonada davolangan. 2023-yil 23-yanvar kuni shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotgan bola Bolalar milliy tibbiyot markaziga o‘tkazilgan

Bolalar milliy tibbiyot markazida ham xuddi shu tashxis bilan davolab borishdi. 2023-yilning 25-aprel kuni vafot etdi. Bolam besh oy shu kasallik bilan kurashdi, — deydi jabrlanuvchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »