Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 6—7-noyabr kunlari O‘zbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida dushanba kuni kunduzi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 19-24 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta o‘rtasida havo o‘zgaradi. 8-noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8-noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 9-noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.10-noyabrda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8—10-noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 8—9-noyabrda harorat 13-18 darajagacha iliq asta-sekin pasayadi, 10-noyabrda 15-20 daraja iliq bo‘ladi. 10-noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6 darajagacha iliq pasayadi.

Toshkentda 6—7-noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-23 daraja iliq bo‘ladi. 8-noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. 9-noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8—9-noyabrda harorat 14-16 darajagacha iliq harorat asta-sekin pasayadi, 10-noyabrda 16-18 daraja iliq, kechasi esa 3-6 darajagacha iliq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »