Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida o‘zgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib kelgan soxta operator qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Sergeli tumanida yashovchi (ayol) N.S. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra, 15,7 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli O.U. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.U. jabrlanuvchi N.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirib, SMS-xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgandan so‘ng, N.S.ning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, u 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.

Bundan oldin Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »