Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 8-noyabrdan 10-noyabrgacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Jumladan,

  • Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur — Shota Rustaveli chorrahasigacha;
  • Nukus — Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;
  • Oybek — Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;
  • Islom Karimov — Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur — Islom Karimov chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov — Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;
  • Navoiy — Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;
  • Furqat – Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov — Beshyog‘och chorrahasigacha;
  • Olmazor — Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.

Qayd etilishicha, harakatlanish cheklangan ko‘chalarda tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

“Hurmatli haydovchilar, shu kunlardan yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Sizlardan yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 8—9-noyabr kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalarining kirishi qisman cheklanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »