Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Rossiya yadroviy yoqilg‘isiga bog‘liqligi mamlakat milliy xavfsizligi, shuningdek, iqlim bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishilishiga tahdid uyg‘otadi. Bu haqda yadroviy energetika bo‘yicha vazir yordamchisi Ketrin Xaff Financial Times’ga ma’lum qildi. U Kongressni ichki yetkazib berishlar zanjirini qayta tiklash va importni cheklash uchun mablag‘ ajratishga chaqirdi.

Foto: “RIA Novosti”

Xaffning so‘zlariga ko‘ra, AQSH yadroviy reaktorlarida foydalaniladigan yoqilg‘ining salkam 20 foizi Rossiyaga bog‘liq shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilishining o‘zi “jiddiy tashvish uyg‘otadigan” fakt ekanini bildirgan. Amaldorning ta’kidlashicha, Rossiya dunyoning yadroviy boyitish salohiyatini qariyb 50 foizini nazorat qiladi va yillar davomida jahon bozorlariga arzon boyitilgan uran mahsulotlarini yetkazib berish orqali “AQSH yadroviy ta’minot zanjirini buzish uchun muvaffaqiyatli ishlagan”.

“Rossiyaga qaramligimizdan qutulishimiz juda muhim. Chora ko‘rilmasa, Rossiya ushbu bozorni tutib turishni davom etadi… Bu milliy xavfsizlik, iqlim, energetik mustaqilligimiz uchun muhim”, — deya qayd etadi Ketrin Xaff.

Uning ta’kidlashicha, AQSH administratsiyasi uranni boyitish bo‘yicha quvvatini oshirgan mahalliy kompaniyalarni rag‘batlantirish strategiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 2,16 milliard dollar so‘ragan.

Xaffning qo‘shimcha qilishicha, AQSH 2050-yilga mo‘ljallangan iqlim maqsadlariga erishishni xohlasa, keyingi ikki-uch yilda yangi reaktorlarni qurish bo‘yicha beshtadan o‘ntagacha shartnoma imzolashi lozim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »