Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan siyosatchi Aleksey Navalniy 22-marotaba jazo izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqdagi ma’lumot uning Telegram kanalida paydo bo‘lgan.

Foto: Reuters
“Jazo izolyatoridan bir kechaga chiqarishdi va yana 15 sutka berishdi. Asos — mahkum Navalniy yozuv materiallarining musodara qilinishiga norozilik bildirib, o‘z xonasini tark etishdan va o‘zi olib borilishi kerak bo‘lgan boshqa xonaga kirishdan bosh tortgani. Shu munosabat bilan unga kun davomida to‘rt marta jismoniy kuch ishlatilgan. Natijada 22-jazo izolyatori va 251 sutka”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldingi safar muxolifatchi jazo izolyatoriga 24-oktyabrda joylashtirilgan edi.

Aleksey Navalniy 2021-yil fevraldan buyon Vladimir viloyatidagi jazoni o‘tash koloniyasida saqlab kelinmoqda. Siyosatchi qamoqxona senzorlari uning xatlarini olib qo‘yayotgani, shuningdek, pulli tibbiy xizmatlardan foydalanishni taqiqlayotganidan shikoyat qilgan.

Avgust boshida Moskva shahar sudi Vladimirdagi qattiq tartibli koloniyada o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosatchi Aleksey Navalniyni 19 yilga qamagandi. Muxolifatchi unga qamoq muddati berilgach, “Stalin davridagi kabi” nola qilmaslikni tavsiya qilgandi. “Yaxshisi, o‘ylab ko‘ring, nega bunday katta muddat berilyapti? Buning asosiy maqsadi — qo‘rqitish. Meni emas, sizlarni”, — degan Navalniy sud hukmidan oldin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »