Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ertaga, 9-noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining16-sammitida 8 ta davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda savdo-iqtisodiy, transport va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida mazkur tashkilot faoliyatining ahamiyati to‘g‘risida gapirdi.

“IHT potensiali katta”

O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari bilan savdo aylanmasi o‘tgan yili 12 milliard dollar bo‘lgan. Bu raqam 2023-yilning 9 oyi davomida 9 milliard dollarni tashkil etdi. IHTga aʼzo davlatlarning o‘zaro tovar aylanmasi hajmi taxminan 80 milliard dollar. Bu raqam katta ko‘ringani bilan aslida nihoyatda kichik. Chunki IHT uzoq yillardan beri o‘zining to‘liq potensialini ko‘rsata olgani yo‘q. Masalan, Osiyo–Tinch okeani mintaqasida ASEAN degan tashkilot bor. Unga ham 10 ta davlat aʼzo. IHTga aʼzo davlatlarda 500 million aholi bo‘lsa, ASEANda 620 million. Lekin ularning tovar aylanmasi 750 milliard dollar, bizda esa 80 milliard. Deyarli 10 barobar pastroq. Ammo hali imkoniyatimiz ko‘p deb o‘ylayman.

Mirshohid Aslanov
 
Foto: “Daryo” 

“O‘zaro hamkorlik darajasi past”

IHT davlatlarining bir–biri bilan hamkorlik darajasi past. Yaʼni biz ko‘proq boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qilamiz. Masalan, IHTga aʼzo davlatlarning o‘zaro ichki aylanmasi hajmi umumiy tashqi savdo aylanmasining 8 foizini tashkil etadi. ASEANda esa bu ko‘rsatkich 21 foiz. Yaʼni ular bir-birlari bilan ko‘proq hamkorlik qiladi. Biz esa boshqalar bilan.

Savol tug‘iladi: madaniyat, geografiya jihatdan eng yaqin mamlakatlar nega o‘zidan uzoqdagi davlatlar bilan ko‘proq hamkorlik qilmoqda? Mana shu nuqtada o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish uchun nima qilish kerak, degan savol ham kelib chiqadi. O‘zbekistonning so‘ngi bir yil ichidagi tashabbuslari aynan mana shu savolga javob berishga qaratilmoqda. O‘zbekistonga hamkor eng yirik 10 ta davlatni olsak, ularning 5 tasi IHT aʼzosi. Bu jihatdan bizning imkoniyatlarimiz ko‘p va uni ishlata bilishimiz kerak. IHT aʼzolari bir-biri bilan raqobatdosh emas, sherik, yaqin hamkor bo‘lishi va jahonda o‘zining raqobatdoshligini oshirishi mumkin.

Iqtisodiy muammolar haqida

Bugungi kunda iqtisodiy zanjirlarning uzilishi (ishlab chiqarish, transport, kommunikatsiya) jiddiy muammolardan sanaladi. Ikkinchi tomondan esa IHTga aʼzo Afg‘oniston masalasi turibdi. Mamlakat hukumati jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan. Va uni bizda o‘tkazilayotgan sammitda qatnashishi ham muammo bo‘lib turibdi, yaʼni sammitda qatnashmayapti.

Xuddi shu kabi masalalardan yana biri baʼzi mamlakatlarning sanksiyalaridir. O‘zbekiston oldida jahon hamjamiyatda mavjud sanksiyalarni hurmat qilgan holda boshqa yo‘nalishlarni yanada jadal rivojlantirish masalasi bor. Ularni ham muhokama qilish kerak bo‘ladi. Albatta, bu masalalarni yechsa bo‘ladi va o‘ylaymanki, O‘zbekiston tashabbusi bilan ko‘p muammolar yechimini topadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »