Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 8-noyabr kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 5-biznes forumi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 nafar, O‘zbekistondan 500 nafar tadbirkor, siyosatchi va iqtisodchilar qatnashdi. 

Forum ishtirokchisi, tadbirkor Anvar Abduqayumning aytishicha, forum tadbirkorlar uchun yangi hamkorlar topish imkonini beradi.

Anvar Abduqayum
Foto: “Daryo”
“Bugungi biznes–forumdan juda mamnunman. Uning tadbirkorlar uchun juda katta foydali jihatlari bor. Masalan, o‘zim Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga eksportni yo‘lga qo‘yganman, lekin Pokiston va Turkiyaga hali mahsulotlarimizni sotmagamiz. Bugungi forumda ushbu davlatlardan ham hamkorlar topdik. Hamma gap faqatgina hamkor emas, balki tanish-bilish va do‘st topishda. Ular ertaga hamkorlarni boshlab kelishadi. Eksport — davlatimizning, tadbirkorlarning kelajagi. Tadbirkorlarimiz xalqaro brendga aylanmoqchi bo‘lsa, eksportga ko‘proq eʼtibor qaratishi kerak. Aynan shunday forumlar dunyoga chiqish uchun juda muhim. Bu kabi tadbirlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ayniqsa, uning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani ham biz uchun katta imkoniyat va undan foydalanib qolishimiz kerak”, — dedi tadbirkor.

Forum doirasida tadbirkorlar uchun o‘zaro muloqot maydoni tashkil etilib, turli sohalar bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoni yaratildi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 9,2 milliard dollarni tashkil etdi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning O‘zbekiston umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 20,5 foiz bo‘ldi. Bunda eksport miqdori 4,2 milliard dollar, import esa 5 milliard (+3,3 foiz) dollarga teng.

O‘zbekiston tashqi savdosida IHT ulushi 24,7 foizni tashkil etadi. Eʼtiborli jihati, 5,75 milliard dollarga teng bo‘lgan eksport hajmi 2021-yilga nisbatan 6,3 foiz yuqorilagan. Import 6,62 milliard dollarga (14,3 foiz) o‘sgan. 2022-yilda umumiy eksportning uchdan bir qismi (29,8 foizi) IHT mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »