Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti tadbirlari boshlandi. Mazkur sammitda tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shu o‘rinda avvalgi sammitlarda ishtirok etgan davlatlar qanday tashabbuslarni ilgari surganini yodga olib o‘tamiz.

Foto: Prezident matbuot xizmati

IHTning 13-sammiti Islomobodda o‘tkazilgan

2017-yilning 1-mart kuni IHTning 13-sammiti Pokistonda bo‘lib o‘tgan. Unda Afg‘oniston iqtisodiy kun tartibiga xavfsizlik masalalarini kiritish, shuningdek, bitta yirik mintaqaviy iqtisodiy loyihani aniqlash tashabbusini ilgari surgan.

Ozarbayjon mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirishda IHT Savdo va taraqqiyot bankining rolini qo‘llab-quvvatlash, Ozarbayjon orqali Yevropa va Osiyo o‘rtasida strategik temiryo‘lni qurish taklifini kiritgan.

Qozog‘iston IHTga a’zo davlatlarining infratuzilma loyihalarini birlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, 2018-yilda Ostona shahrida tashkil etilgan Xalqaro moliya markazi ishida IHTga aʼzo davlatlarning ishtirokini ko‘rib chiqishni taklif etgan.

Qirg‘iziston esa Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston va Xitoy—Qirg‘iziston—Tojikiston—Afg‘oniston—Eron temiryo‘l loyihalarini amalga oshirishga e’tibor qaratishni so‘ragan
Mezbon mamlakat Pokiston institutsional mexanizmlarini optimallashtirish va IHT savdo bitimini kuchga kiritish tashabbusi bilan chiqqandi.

Turkiya IHT Savdo bitimining kuchga kirishini tezlashtirish, tashkilot istiqbollari 2025 dasturini samarali amalga oshirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish taklifini bergan.

14-sammit pandemiya sababli onlayn o‘tkazilgan

2021-yilning 14-mart kuni onlayn o‘tgan sammitda Afg‘oniston koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni taklif etgan.

Ozarbayjon esa Zangezur koridoridan IHT mamlakatlari faol foydalanishini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlagan.

Eron IHT Savdo bitimini amalga oshirish va mintaqalararo savdoni kengaytirish, Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi bo‘ylab transport infratuzilmasidan foydalanish tashabbuslarini ilgari surgan.

Qozog‘iston Qozog‘iston—Turkmaniston—Eron temiryo‘lini to‘liq quvvatda ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligi (IFSS) to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish taklifini bergan.

Qirg‘iziston esa savdo, transport, aloqa, energetika, turizm va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda birgalikdagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish, temiryo‘l qurilishi loyihalariga katta ahamiyat berish, Yevropa va Xitoyning tashqi bozorlariga chiqish, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasini amalga oshirishni ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Pokiston barqaror sog‘liqni saqlash tizimlarini qurish rejasini qabul qilishga e’tibor qaratgan.

Turkiya Savdo bankining institutsional va moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash va IHTni rivojlantirish, loyiha va dasturlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladigan IHT istiqbollari fondini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan.

15-sammit mezboni Turkmaniston bo‘lgan

2021-yilning o‘zida IHTning 15-sammiti o‘tkazilgan bo‘lib, bu safar tadbir oflayn bo‘lgan.
Sammitda Ozarbayjon Sharq va G‘arb hamda Shimol va Janub koridorlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan Zangezur yo‘lagidan foydalanishni yana bir bor taklif qilgan.

Eron tugallanmagan loyihalarni (mintaqaviy elektr energiyasi bozori, energetika kompaniyalari konsorsiumi) amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berish, IHTga aʼzo davlatlari uchun neft va gaz bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, optik tolali ulanishlar, umumiy raqamli platformalar, umumiy AKT bozorlari, sun’iy intellekt, onlayn ta’lim va ilmiy almashinuvlar yaratish sohasida hamkorlikni faollashtirishga e’tibor qaratishni so‘ragan. Shuningdek, Savdo va taraqqiyot banki kapitalini oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklifini ham bildirgan.

Qozog‘iston IHT kotibiyatiga o‘zaro savdo salohiyatini amalda tatbiq etish uchun har bir mamlakatning raqobatdosh ustunliklari va o‘ziga xos imkoniyatlarini hisobga olgan holda tovar aylanmalarini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni taklif qilgan.

Qirg‘iziston esa uglerod chiqindilarini kamaytirish sohasida hamkorlikni faollashtirishga e’tibor qaratgan.

Shuningdek, Shahid Rajay portidan foydalanish orqali Qirg‘iziston—O‘zbekiston—Turkmaniston—Eron yo‘lagining tranzit imkoniyatlarini oshirish tashabbusini ham ilgari surgan.

Pokiston Afg‘onistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, IHT va xalqaro hamjamiyatga tez integratsiyalashuviga ko‘maklashishga chaqirgan.

Tojikiston pandemiya davrida joriy qilingan karantin, transport-tranzit, tarif va savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ilgari surgan.

Turkmaniston SHHT, YeOII va MDH bilan muloqot o‘rnatish, afg‘on xalqiga samarali gumanitar yordam ko‘rsatishni taklif qilgan.

Turkiya jami 8 million kvadrat metr maydonda yashaydigan 500 million aholiga ega IHTning ulkan salohiyatidan unumli foydalanishga chaqirib, sa’y-harakatlarni faollashtirish va ichki savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazishni taklif qilgan.

Shuningdek, Turkiya Afg‘oniston iqtisodiyotiga yordam ko‘rsatish va gumanitar inqirozning oldini olishga ham chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »