Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroq elektr energetika vaziri Ziyod Ali Fadel Ashxobodda “Turkmangaz” davlat konserni rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda NebitGas xabar berdi.



Uchrashuvdan maqsad gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qilishdir. Bu yozda Eron gazini Iroqqa yetkazib berishda uzilishlar yuz berdi (importning taxminan 40 foizini tashkil etdi) va hukumat muqobil variantlarni topishni buyurdi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Iroq yiliga 9 milliard kub metrgacha turkman gazini sotib olish bo‘yicha besh yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Ta’minotlar Eron hududi orqali qaytariladigan asosda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ushbu amaliyot 2022-yildan beri Turkmanistondan Ozarbayjonga gaz yetkazib berish jarayonida qo‘llanilmoqda. Jumladan, Eron Turkmanistonning Seraxs shahridan yiliga 3,0-4,0 milliard kub metrgacha gaz olishi mumkin, bu orqali uning ekvivalentini Ozarbayjonning Astara shahriga yetkazib beradi.

Ushbu ayirboshlash operatsiyalari milliy gaz resurslaridan uzoqda joylashgan Razaviy, Shimoliy va Janubiy Xuroson, Guliston va Semnan kabi Eron viloyatlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga yordam beradi.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »