Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madaniyat vazirligi “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va sanʼat xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq prezident farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.

  • Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun madaniyat va sanʼat xodimlariga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanadi:
  • uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali va foizlarning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berish;
  • uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
  • “Birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinadigan kvartiralar hamda yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarning bir qismini mahalliy budjet hisobidan qoplab berish” sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish, uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.

Belgilanishicha:

  • har yili mahalliy budjetdan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi va ikkilamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 192,5 million so‘mdan hamda Toshkent shahri uchun 245 million so‘mdan yuqori bo‘lmagan miqdorda bir martalik subsidiya beriladi;
  • subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi tavsiyanoma olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi;
  • subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham inobatga olinadi;
  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlari Toshkent shahridan tashqari barcha hududlar uchun ajratiladi;
  • sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlang‘ich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.

2023-yilning to‘qqiz oyi davomida 24 185 ta xonadonli 602 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Oktyabr boshida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha yana davlat subsidiyalarini berish yana boshlangandi. Subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin. Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi. Sh

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »