Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli ozdiruvchi yoki semirtiradigan, shuningdek, proteinli biologik faol qo‘shimchalar savdosi borgan sari avj olmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ularning ayrimlari ro‘yxatga olmagani, tarkibi tekshirilib, xavfsizligi to‘g‘risida xulosa berilmaganidan ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) — inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sog‘lom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan, tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga o‘xshash sunʼiy biologik faol moddalar (ularning konsentratlari) va (yoki) probiotik komponentlar hamda probiotik mikroorganizmlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.

Biologik faol qo‘shimchalar davolovchi taʼsirga ega emas. Davolovchi taʼsirga ega bo‘lgan mahsulotlar dori vositalari hisoblanadi.

Qo‘mitaning bildirishicha, Respublikada faoliyat olib borayotgan “Farm Format” MCHJ tomonidan bir qator BFQlar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarilgan, ruxsatnoma BFQ sifatida berilgan bo‘lsada, bir paytning o‘zida ushbu BFQ va gigiyenik vositalar tarkibi nuqtayi nazaridan dori vositalari xususiyatiga ega ekani aniqlandi:

  • 100 ml flakonlarda qadoqlab chiqarilgan, ichish va mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan “Xlorofilliptim plyus” eritmalari;
  • 20 ml flakonlarda qadoqlangan “Xlorofilliptim plyus” sprey mahsuloti;
  • “Imbir Effekti s vitaminom S” (Ginger Effect Vitamin C);
  • “Loroplyus” (Loroplus) (chayish uchun eritma 200 ml.);
  • “Loroplyus” (Loroplus) (tomoq uchun sprey 20 ml.);
  • “Betagin-FF” (10% mahalliy va tashqi maqsadlar uchun eritma, 50 ml. dan flakonda);
  • “Dimeksid – FF”;
  • “Koviflazid” (Coviflazid) (ichish uchun hamda mahalliy qo‘llash uchun tomchi 30 ml.);
  • “Effekti klassik Cherniy Imbir” (Black Ginger Effect) (tez eriydigan granulalari 8 gr. dan sashe paketchalarda) aslida BFQ ko‘rinishida ishlab chiqarishga ruxsat olingan bo‘lsada, dori vositasi sifatida tayyorlanganligi aniqlangan.
“Taʼkidlash joizki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan bu kabi vositalarni ishlab chiqarishni (qalbaki va dori vositasini) ro‘yxatga olmagan, tarkibi tekshirilib, xavfsizligi to‘g‘risida xulosa berilmagan”, — deya ogohlantirdi qo‘mita o‘z xabarida.

“BEK BREND PHARM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan baʼzi — “Rastoropsha” nomli mahsulot qo‘mita tomonidan tarkibi tekshirilmagan mahsulot savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

“Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi aholidan tarkibi nomaʼlum bo‘lgan, xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni nomaʼlum kimsalar va soxta tadbirkorlardan sotib olib, o‘zboshimchalik bilan isteʼmol qilmaslikni so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mita yuqoridagi kabi holatlar yuzaga @Sanepidmurojaatbot ga yo‘llashi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »