Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »