Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni payt Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammiti arafasida beshinchi biznes-forum ish boshladi. Mazkur anjuman savdo siyosatini liberallashtirish va uyg‘unlashtirish, biznes yuritish uchun xarajatni kamaytirish, moliya infratuzilmasi va institutsional salohiyatni rivojlantirish, savdo tartib-tamoyilini soddalashtirishga xizmat qiladigan yirik tashabbuslar maydoniga aylanishi kutilyapti.

Bugungi kunda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga o‘nta davlat — Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston aʼzo.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan maʼlumotga ko‘ra, 2021-yil O‘zbekistonning tuzilma tarkibidagi mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 35,1 foiz o‘sib, 11,2 milliard dollarga yetdi. 2022-yil o‘sish tendensiyasi davom etgan va tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 10,4 foiz o‘sib, 12,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston tashqi savdosida IHT ulushi 24,7 foizni tashkil etadi. Eʼtiborli jihati, 5,75 milliard dollarlik eksport hajmi 2021-yilga nisbatan 6,3 foiz yuqori. Import esa 6,62 milliard dollar – 14,3 foiz o‘sgan. O‘tgan yil umumiy eksportning uchdan bir qismi – 29,8 foizi IHT mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil tovar ayirboshlashda eng ko‘p ulush Qozog‘iston (37,5 foiz) va Turkiya (26,3)ga tegishli bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (10,2), Turkmaniston (7,5), Afg‘oniston (6,1), Tojikiston (5,5), Eron (3,5), Pokiston (1,9) va Ozarbayjon (1,5) egallagan. O‘tgan yil respublikaning IHT davlatlari bilan savdo aylanmasi 1,13 trillion dollardan oshgan.

2023-yil 9 oyi ko‘rsatkichiga ko‘ra, hamkorlik sezilarli darajada faollashgan. Hisobot davrida IHT doirasida tovar aylanmasi 9,2 milliard dollarni, aʼzo mamlakatlarning O‘zbekiston umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 20,5 foizni tashkil etgan. Bunda eksport miqdori 4,2 milliard dollar, import esa 5 milliard (+3,3 foiz) dollarga teng.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »