Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, 20 ta klasterda hisob-kitoblar joyida bo‘lsa, 122 ta klasterning Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi oldida qarzdorligi bor, 27 ta klaster esa fermerlarga 2022-yil paxta hosilidan tegishli mablag‘larni to‘lab bermagan. Shu kabi, fermerlarning ham klasterlar oldida qarzdorligi bor.

Yig‘ilishda shu munosabat bilan klasterlarni tashkil etish, ular bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Har bir viloyatda yangi klasterlarga moliyaviy ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlari va texnika ta’minoti bo‘yicha talablar qo‘yiladi. Ular kamida ikki bosqichli qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi shart bo‘ladi. 

Fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan fyuchers shartnomasi tuzishi mumkin bo‘ladi. Ular fyuchers shartnomasidan ortgan hosilni birja orqali sotishiga ham imkoniyat yaratiladi.

Shuningdek, kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirishga 60 foiz avans ko‘rinishidagi imtiyozli kreditlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlarga ajratiladi. Mutasaddilarga klaster va fermerlarni moliyalashtirishni yangi tartibini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »