Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 5-biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 8 tda davlatdan tadbirkorlar qatnashdi. Navoiylik eksportyor Sardor G‘afforov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda forumda bir necha chet ellik tadbirkorlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolaganini aytdi.

Sardor G‘afforov 10 yildan beri eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, nega IHT forumida qatnashganini tushuntirdi. 

“Biznes-forumning o‘z yurtimizda o‘tkazilishi biz tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatlar berdi. Boshqa davlatlarga borib, mahsulotlarni namoyish qilish murakkab va qimmat jarayon. Bu yerda esa O‘zbekistonga kelgan tadbirkorlar bilan muloqot qilish oson bo‘ldi va ularga mahsulotlarimizni ko‘rsatishga ham ulgurdik. Forumda bir million dollarga yaqin shartnoma tuzishga erishdik. Bu shartnomalardan Afg‘oniston, Turkiya va Eron davlatlari o‘rin olgan. Biznes-forum bizga ozarbayjonlik va turkmanistonlik tadbirkorlar bilan ham hamkorlik qilish uchun imkoniyat eshigini ochdi. Ular milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirdi. Bo‘lajak hamkorlarimizga mahsulotlarimizning rasmlari, namuna va narxlarini berdik. Hozir savdoni amalga oshirish uchun muzokaralar boshlangan”, — dedi Sardor G‘afforov.

Avvalroq tadbirkor Anvar Abduqayum forumda Pokiston va Turkiyadan o‘ziga hamkorlar topganini aytgandi.

“Hamma gap faqatgina hamkor emas, balki tanish-bilish va do‘st topishda. Ular ertaga hamkorlarni boshlab kelishadi. Aynan shunday forumlar dunyoga chiqish uchun juda muhim”, — degan tadbirkor.

Maʼlumot uchun, 2023-yilning yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 9,2 milliard dollarni tashkil etdi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning O‘zbekiston umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 20,5 foiz bo‘ldi. Bunda eksport miqdori 4,2 milliard dollar, import esa 5 milliard (+3,3 foiz) dollarga teng.

O‘zbekiston tashqi savdosida IHT ulushi 24,7 foizni tashkil etadi. Eʼtiborli jihati, 5,75 milliard dollarga teng bo‘lgan eksport hajmi 2021-yilga nisbatan 6,3 foiz yuqorilagan. Import 6,62 milliard dollarga (14,3 foiz) o‘sgan. 2022-yilda umumiy eksportning uchdan bir qismi (29,8 foizi) IHT mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »