Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida nutq so‘zladi. Unda tashkilotga a’zo davlatlarni birgalikda hamjihat bo‘lib harakat qilishga chaqirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Bugun ko‘z o‘ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir bo‘lmoqda. Bu murakkab jarayonlarda o‘zining katta o‘rniga ega bo‘lgan tashkilotimiz davlatlari birgalikda hamjihat bo‘lib harakat qilishi, vujudga kelayotgan xavf-xatarlarga qarshi samarali yechimlar topishi muhimdir”, — dedi davlat rahbari.

Prezident tashkilot a’zolarini mushtarak tarix va muqaddas islom dinimiz, boy madaniyat va o‘xshash qadriyatlar chambarchas bog‘lab turishini qayd etdi.

“Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida o‘tayotgan sammitida ko‘p tomonlama aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqish va eng dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil fikr almashilishini ta’kidlab o‘tdi.

“Yarim milliard aholi yashaydigan keng mintaqamiz savdo-iqtisodiy, sanoat, investisiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega”, — dedi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »