Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi 5 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik ancha jadallashgan. Bu haqda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev “Daryo”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Bahrom Sotiboldiyevning aytishicha, hozir Markaziy Osiyoda yangi vaziyat yuzaga kelgan.

“Oxirgi 5 yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi oshdi, yangi transport koridorlari tashkil etilmoqda, suv, energetika va boshqa o‘nlab sohalaridagi hamkorlik kuchayib bormoqda. Yirik iqtisodiy qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Chegaralarda delimitatsiya va demarkatsiya masalalari hal qilinmoqda, aholining qo‘shni davlatlarga bordi-keldisi yengillashdi. Natijada Markaziy Osiyoda butunlay yangi geoiqtisodiy va geosiyosiy vaziyat yuzaga keldi”, —dedi u.

Shuningdek, mutaxassis Afg‘oniston tomoni sammitda nega ishtirok etmaganining sababiga to‘xtaldi.

“Afg‘oniston vakillari sammitda ishtirok etmasada, ular doim muhokamalar diqqat markazida turadi. Prezident Shavkat Miromonovich har qanday xalqaro maydonlarda albatta Afg‘oniston masalasiga alohida urg‘u berib, mamlakatni dunyo dunyo siyosatining kun tartibidan tushib qolmasligi hamda dunyo eʼtiborini Afg‘onistondagi vaziyatga qaratib kelmoqda. Afg‘onistondan vakillar sammitda ishtirok etmayotganining sababi bilamiz u yerda hozir muvaqqat hukumat. Dunyo hamjamiyati tomonidan rasmiy tan olinmagan. Lekin bu Afg‘onistonning IHT doirasidagi faoliyati to‘xtatildi degani emas.

Biz yuqorida aytdik, yangi transport kommunikatsiya yo‘laklari to‘g‘risida. Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan asosiy yo‘nalishlar Afg‘oniston hududidan kesib o‘tadi. Va albatta, Afg‘onistonni IHT doirasidagi loyihalari, ishtirokchi bo‘lishi nazarda tutilyapti. Sababi agar birgalashib, tashkilot doirasidagi davlatlar sa’y-harakatini muvofiqlashtirib, Afg‘onistonning xalqi tushib qolgan og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarmasak, bu mamlakatdagi og‘ir holat, xavf–xatarlarning soni va ko‘lamining kengayib borishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Afg‘oniston bu sammitda ishtirok etyapti, deb aytsak bo‘ladi”, — dedi Bahrom Sotiboldiyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »