Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kecha 8-noyabr kuni Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasidagi tadbirlar boshlandi. Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari birin-ketin O‘zbekistonga tashrif buyurdi. IHT bosh kotibi Xusrav Noziri O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv haqida Xusrav Noziri quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Tashkilotimiz kotibiyati joylashgan Tehrondan Toshkentga kelib, O‘zbekiston prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldim. Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning navbatdagi, 16-sammiti arafasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sammit ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani tufayli ham uchrashuvimiz tarixiy ahamiyat kasb etdi. Shu munosabat bilan men muhtaram Shavkat Mirziyoyevni 16-sammit Toshkentda o‘tkazilayotgani bilan samimiy tabrikladim. Uchrashuv davomida men prezidentga sammitga tayyorgarlikning borishi haqida hisobot berdim. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ham samarali fikr almashdik.

Foto: Daryo

Savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiya, energetika, foydali qazilmalar va atrof-muhit, turizm, barqaror rivojlanish, inson resurslari, parlament va huquqiy hamkorlik, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha maxsus dasturimiz doirasidagi hamkorligimiz ustuvor yo‘nalishlardir. Shuningdek, tashkilotimiz faoliyatida mamlakatingizning roli tobora ortib borayotgani uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdim. O'zbekiston oxirgi ikki yil ichida ko'p narsalarni taklif qildi va ko‘plab yangi tashabbuslar bilan chiqdi, bu tashabbuslar bizning tashkilotimizda keng qo'llab-quvvatlandi. Ularning bir qismi hozirda hayotga tatbiq etilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston prezidentining taklifiga binoan tashkilotimiz doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi platforma tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinganini ma’lum qildim. Biz hozir ushbu yangi tuzilmaning birinchi yig‘ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Shuningdek, O‘zbekiston tashkilotimiz faoliyatida ilk bor har bir sammit uchun alohida mavzu belgilash masalasini ilgari surdi. Esingizda bo‘lsa, 2002-yilda men raislikni o‘z zimmamga olganimda, O‘zbekiston birinchi marta mintaqamizda aloqalarni mustahkamlash mavzusini kun tartibiga olib chiqishni taklif qilgandi.

O‘zbekistondan keyin navbat Ozarbayjon raisligiga yetib keldi, u ham O‘zbekiston misolida mavzu taklif qildi. Mavzu yashil iqtisodiyotga o‘tish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash edi. Kelasi yilning yanvaridan esa raislik Eronga o‘tadi.

Eron ham o‘z mavzusini taklif qildi.Ya’ni, O‘zbekiston prezidenti tomonidan Ashxobodda bo‘lib o‘tgan avvalgi 15-sammitda bildirilgan tashabbus allaqachon ko‘z o‘ngimizda an’anaga aylanib bormoqda. Bu juda yaxshi va foydali an’ana.

Biz transport va kommunikatsiya masalalariga ham katta e’tibor qaratdik, chunki bu faoliyatimizning muhim yo‘nalishi. Biz bu borada turli loyihalar, transport va tranzit loyihalarini amalga oshirmoqdamiz. Mintaqamizning sharqi va g‘arbini, shimol va janubni bog‘lovchi yo‘laklar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashkilot hududidan Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi savdo uchun foydalanish mumkin. Bu masalalarning barchasi muhokama qilindi va O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli transport-kommunikatsiya sohasidagi bu loyihalarning barchasini amalga oshirishda, albatta, juda muhim o‘rin tutadi.

Biz energetika sohasidagi o‘zaro hamkorligimiz masalalarini ham muhokama qildik. Hozirda ikkita asosiy loyihamiz bor. Bu Boku shahrida tashkilotga aʼzo mamlakatlarning barqaror va toza energiyaga o‘tishiga hissa qo‘shadigan Toza energiya markazining yaratilishidir. Shuningdek, mintaqaviy energiya bozorini yaratish loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Turizm hamkorligimizning yana bir ustuvor yo‘nalishidir. Shu munosabat bilan men O‘zbekiston prezidentini Shahrisabz shahri 2024-yilda IHTning turizm poytaxti etib tanlangani bilan tabrikladim.

Umid qilamizki, joriy yil doirasida shaharda nafaqat O‘zbekistonda, balki tashkilotimizning butun mintaqasida turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan tegishli turizm tadbirlari o‘tkaziladi. Biz tomonlarni qiziqtirgan boshqa xalqaro masalalarni ham muhokama qildik va fikr almashdik. Sammitni muvaffaqiyatli o‘tkazishga kelishib oldik. Sammitda barcha davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Bu juda yaxshi ko‘rsatkich va O‘zbekistonning tashkilotimizdagi o‘rni va roli a’zo davlatlar tomonidan yuksak e’tirof etilganidan dalolatdir”, — dedi Xusrav Noziri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »