Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlat rahbari budjetga tushumlarni ta’minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash masalalariga to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayrim tuman va shaharlarda tushumlar hajmi ulardagi sanoat ishlab chiqarishi va eksportning o‘sishiga, kiritilgan investitsiyalarga, umuman, mavjud salohiyatiga mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Hokimlar va mas’ul rahbarlarga aylanma soliq, alkogol va tamaki aksizining yig‘iluvchanligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, xufiyona aylanmaga qarshi kurashni kuchaytirish topshirildi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz yetkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »