Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, O‘zbekiston—Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan. O‘zaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Ikki tomonlama savdoda o‘sish surʼati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda. Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi, logistikada o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan, Afg‘onistondagi bugungi vaziyat nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan.

Avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Toshkentga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev poytaxtga yetib kelgani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »