Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” bosh vazirining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar Erondan Afg‘onistonning Chobahor portiga kirishini osonlashtirishni so‘radi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Barodar Chobahor portiga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston port orqali eksport va import hajmini oshirishga alohida urg‘u berganini aytgan. Chobahor porti xodimlari Afg‘onistonning portdan foydalanishini tasdiqlab, “Tolibon” va Eron texnik guruhlari bu yo‘nalishda hamkorlikni boshlashini bildirgan.

Mazkur port Eronning Siston va Balujiston viloyatlarida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston uchun ochiq suv havzalariga eng yaqin yo‘nalish hisoblanadi. Chobahor porti Afg‘oniston markaziga Bandar Abbos va Karachi portlariga nisbatan mos ravishda 90 km va 700 km yaqinroq bo‘lib, bu savdogarlarga o‘z tovarlarini boshqa portlarga qaraganda 20 foizga erta eksport qilish imkoniyatini beradi.

Biroq Chobahordagi asosiy muammo tijorat tovarlari tranziti uchun mos infratuzilmaning yo‘qligi hisoblanadi. Avvalgi Afg‘oniston hukumati Chobahor porti Hindistonni Eron orqali Afg‘onistonga, so‘ngra Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya bilan bog‘laydi, deb umid qilgandi.

Ammo port tez orada Hindiston, Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi eng gavjum tranzit yo‘llaridan biriga aylanishi dargumon.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »