Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar hokimligi 6-noyabrdan ijtimoiy obyektlar va ko‘p kvartirali uylarga issiqlik ta’minotini bosqichma-bosqich yetkazib berish boshlanishini e’lon qilgandi. Biroq ko‘p qavatli uylarda isitish mavsumi belgilangan sanadan boshlanmadi. Poytaxt hokimligi holatga izoh berib, axborot manbalaridan holat yuzasidan ortiqcha ma’no izlamaslikka chaqirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimining isitish mavsumini boshlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sana mavsumning amaldagi boshlanish sanasidan farq qilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar tarqaldi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining qayd etishicha, 2023-2024-yilgi isitish mavsumiga 3-noyabrda aylanma harakat boshlanishidan texnik start berilgan. Hokim qarorining 2-bandida 2023-yil 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab poytaxtda issiqlik manbalaridan issiqlik tizimining aylanma harakat yo‘lga qo‘yilishini inobatga olish nazarda tutilgan. Biroq aylanma harakat boshlanganidan so‘ng, bir qator muammolar aniqlangan, ularni bartaraf etish qo‘shimcha vaqt talab qiladi.

6-noyabr kuni, issiqlik taʼminoti tarmog‘idagi muammolar bartaraf etilgach, ishga tushirish jadvalga muvofiq boshlangan, lekin taʼmirlash ishlarini inobatga olgan holda, 7-noyabrga o‘tgan.

“O‘z navbatida, hurmatli axborot manbalaridan bizning saʼy-harakatlarimizni to‘g‘ri baholashni va tegishli shahar xizmatlari faoliyati ostida ortiqcha maʼno izlamasliklarini so‘raymiz. Bizning barcha harakatlarimiz faqat yaxshilikka va poytaxt aholisi uchun qulay yashash sharoitini yaratishga qaratilgan”, — deyiladi munosabatda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »