Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

 AQSH Davlat departamenti Ruminiyaga 2,53 milliard dollarga 54 ta M1A2 Abrams tanklari va jihozlarini sotishni ma’qulladi, deyiladi Pentagon Xavfsizlik Hamkorligi boshqarmasi (DSCA) press-relizida.

Bu borada Kongressga tegishli bildirishnoma yuborildi. DSCA Amerika tanklarini sotish Ruminiyaning joriy va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini yaxshilashiga, shu bilan birga “mintaqadagi kuchlarning harbiy muvozanatini o‘zgartirmasligi”ga ishontirmoqda.

Foto: Wikipedia

“Taklif etilayotgan tanklarni sotish Yevropadagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik uchun muhim kuch bo‘lgan NATO ittifoqchisi xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi va bu orqali Qo‘shma Shtatlarning tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi departament xabarida.

Yanvar oyida AQSH rasmiylari 101-havo-desant diviziyasi brigadasi Ruminiyada bo‘lishini yana to‘qqiz oyga uzaytirdi. AQSH askarlari 2022-yil boshida NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun mamlakatga kiritilgan.

Aprel oyida Ruminiya Mudofaa vazirligi 54 ta modernizatsiya qilingan Amerika Abrams tanklarini sotib olish uchun parlamentdan ruxsat olishni so‘ragan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »