Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga bag‘ishlangan majlisda subsidiya olish va uni qo‘llashda amaliyotda muammolar bo‘layotganiga to‘xtalib o‘tildi.

Deputat Anvarxon Temirovning aytishicha, nogironligi bor yoki og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar subsidiya olinganidan keyin muammoga duchor bo‘lyapti.

Anvarxon Temirov
Foto: Skrinshot

“Ularning ish haqi belgilangan tartiblarga yoki bank belgilagan tartibga to‘g‘ri kelmayapti. Fuqaroga subsidiya mablag‘i ajratilmoqda, lekin uning oylik maoshi berilgan kredit mablag‘larini qaytarishga yetarli emas, degan vaj bilan uy olishga rad javobi berilmoqda.

Ikkinchisi, og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolar oylik ish haqi belgilangan tartibdan past bo‘lgani uchun ular uy-joy yoki taʼmirlash uchun beriladigan subsiyadiya mablag‘ini ololmayapti”, — dedi deputat.

Bunga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov javob beri. Uning aytishicha, haqiqatan ham ajratilgan subsiyadiyalarning maʼlum bir qismi viloyatlarda foydalanilmasdan qolib ketmoqda.

Jamshid Qo‘chqorov 
Foto: Oliy majlis Qonunchilik palatasi

“Agar ehtiyojmand oilalar haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlar haqida gapirishimiz kerak, deb o‘ylayman. Bu bo‘yicha yangi tartib ishlayapmiz. Ularni uy-joy bilan taʼminlashning boshqacha metodi kerak. Subsidiya ular uchun emas.

Subsidiyaning asl mazmuni, mohiyati shundayki, ipoteka krediti olish uchun uyning birinchi to‘lovini to‘lashga imkoniyati bo‘lmagan, lekin doimiy daromadga ega bo‘lgan oilaga tegishli. Kimnidir bepul uy bilan taʼminlash haqida umuman masala yo‘q. Faqat yetimlar uchun bepul uy berilishi ko‘zda tutilgan.

Aslida muhtoj yoki nogiron degani oylik daromadi yetarli bo‘lmagan fuqarolardir. Muhtojlar hamma mamlakatda ham yetarli. Muhtojlar ichida boquvchisi yo‘q va nogironlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular bo‘yicha alohida masalani ko‘rib chiqyapmiz. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasida ikki-uchta vazirlik birgalashib tartib ustida ishlamoqda”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Uning alohida taʼkidlashicha, hududlarda ayrim rahbarlar subsiyadan murojaatchilardan qutulish uchun foydalanmoqda.

“Ayrim hududlarda mutasaddilarimiz fuqaro murojaat qilib kelgan vaqtda undan qutilish uchun subsiyadini dastak qilib qo‘llamoqda. Masalan, bir beva-bechora kelib uy so‘rasa, “Bo‘pti, singlim mana”, deb uni qo‘liga subsidiyani tutqazib yuboradi. Bu to‘g‘ri yo‘l emas, subsidiya beva-bechoralar uchun emas”, - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Maʼulmot uchun, 2024-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarini bir qismini qoplash uchun 1,5 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari nima uchun tarkibida shakar bo‘lgan gazli ichimliklarning bir litriga 500 so‘m aksiz solig‘i solinayotganiga izoh bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »