Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ramzan Qodirovning o‘g‘illari Ahmat, Eli va Adam Checheniston parlamentining oliy ordeni — “Vatan iftixori” ordeni bilan taqdirlandi.

Foto: “RIA Novosti”

Checheniston yetkachisining farzandlari mukofotlanganini respublikani milliy siyosat va tashqi aloqalar bo‘yicha vaziri Ahmed Dudayev ma’lum qildi. U Ahmat, Eli va Adamni “yosh avlod uchun o‘rnak”, deb atagan.

Sentyabr o‘rtalarida Adam Qodirov Qur’onni yoqib, dindorlarning tuyg‘ularini haqoratlashda ayblanayotgan volgogradlik Nikita Juravelni Checheniston tergov izolyatorida kaltaklagani aks etgan video e’lon qilingandi. Ramzan Qodirov o‘g‘lining qilmishidan faxrlanishini aytgan.

Oy oxirlarida Rossiyaning Qorachoy-Cherkesiya Respublikasi rahbari Rashid Temrezov Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adamga respublika oliy davlat mukofoti topshirilganini ma’lum qildi. Bir necha kun oldin esa Adam Qodirov Checheniston Respublikasi rahbarining xavfsizlik xizmatida “muhim lavozim”ga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligining Ahmat Qodirov nomidagi Checheniston bo‘yicha maxsus polki komandiri Zamid Chalayev o‘zining Instagram’dagi sahifasida bunga oydinlik kiritib, Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Checheniston rahbarining xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »