Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijonning Andjon, Buloqboshi, Jalaquduq tumanlarida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati prokuraturasi

Ma’lum qilinishicha, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Andijon viloyati filiali tasarrufidagi Andijon tumani ko‘mir ombor mudiri Sh.B. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 362,3 million so‘mlik 1,220 tonna, shu kabi, Buloqboshi tumani ko‘mir ombor mudiri S.N. 178,3 million so‘mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tumani ko‘mir ombor mudiri Y.Y. 421,7 million so‘mlik 1,419,9 tonna ko‘mirni go‘yoki fuqarolar olgani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, naqd pulga sotib yuborib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilgan.

Foto: Andijon viloyati prokuraturasi

Mazkur holatlar yuzasidan yuqoridagi ombor mudirlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a ” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »