Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turida “Real” 11-noyabr, shanba kuni “Valensiya”ga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuv madridliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Qaymoqranglilar” safida Dani Karvaxal bitta gol urgan bo‘lsa, Rodrigo va Vinisius Junior ikki martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. “Ko‘rshapalaklar” tarkibida Hyugo Duro yagona gol muallifiga aylandi.

“Real” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 32 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.


La Liga

13-tur bahsi

11-noyabr, shanba

“Real Madrid” – “Valensiya” 5:1

Gollar: 1:0 – 3 Karvaxal, 2:0 – 42 Vinisius Junior, 3:0 – 49 Vinisius Junior, 4:0 – 50 Rodrigo, 5:0 – 84 Rodrigo, 5:1 – 88 Duro.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal (Pas, 82), Alaba, Nacho, Mendi (Fran Garsiya, 71), Valverde (Modrich, 60), Braim Dias (Vaskes, 71), Kroos, Kamavinga, Vinisius Junior (Xoselu, 82), Rodrigo.

“Valensiya”: Mamardashvili, Tyerri Korreyya (Fulke, 55), Gabriel Paulista, Moskera, Gayya (Gasorovski, 55), Kanos (Gilyamon, 64), Pepelu (Yaremchuk, 70), Fransisko Peres (Ugo Gonsales, 70), Gerra, Duro, Diego Lopes.

Ogohlantirishlar: Pepelu (34), Fulke (56), Kamavinga (62), Gabriel Paulista (67).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »