Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijonning uch tumanida aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan ombor mudirlari qo‘lga olingandi. Namangan va Farg‘onada ham shunday jinoyatni sodir etgan ombor mudirlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Tarqatilayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarining birida “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombor mudiri U.N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 623,7 tonna ko‘mirlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Farg‘onadagi holatda esa “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Farg‘ona viloyati filiali tasarrufidagi Buvayda tuman ko‘mir ombor mudiri A.I. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 413,8 million so‘mlik 1364,3 tonna ko‘mirlarni go‘yoki fuqarolar olgani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, ko‘mirni naqd pulga sotib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida talon-toroj qilgan.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ombor mudirlari protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

31-oktyabr kuni prezident tomonidan energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ayrim hududlarda aholiga ko‘mir tarqatish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, oqibatda yetkazib berilgan ko‘mirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan va Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishini nazorat qilish bo‘yicha tizim yaratish topshirilgandi.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Bosh prokuraturaning ishchi guruhi tomonidan hududlarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »