Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar bosib olingan Falastin hududlaridagi Isroil turar joylarini noqonuniy deb e’lon qilish uchun ovoz berdi. 145 davlat, jumladan, O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatladi. 



Rezolyutsiyaga faqat yetti davlat qarshi chiqdi: AQSH, Kanada, Isroil, Vengriya, Mikroneziya, Marshall orollari va Nauru. 18 davlat betaraf qoldi, yana 21 davlat umuman ovoz bermadi. 

BMT “Isroilning noqonuniy xatti-harakatlari va chora-tadbirlari oqibatida bosib olingan Falastin hududida, jumladan, Sharqiy Quddusdagi og‘ir vaziyatdan chuqur tashvish bildiradi va zudlik bilan Isroilning barcha noqonuniy aholi punktlari va devor qurilishini to‘xtatish, G‘azo sektori blokadasini bekor qilish, tinch aholiga qarshi haddan tashqari va beg‘araz kuch ishlatish va harbiy amaliyotlarni butunlay to‘xtatish, ko‘chmanchilarning zo‘ravonligi, muqaddas qadamjolarga qarshi provokatsiya va da’vatlar, mol-mulkni yo‘q qilish va musodara qilish, tinch aholini majburan ko‘chirish, minglab tinch aholini hibsga olish yoki qamoqqa olish va Falastin tinch aholisiga qarshi barcha jamoaviy jazo choralarini to‘xtatishga chaqiradi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »